2017年1月13日,第三十次全国“扫黄打非”电视电...
- ?Syangan“ so?rovi bu yerga yo?naltiriladi, Syangan so?zining boshqa ma?nolari uchun bu yerga qarang: Syangan (ma?nolari)


Gonkong (xitoycha: 香港) — Xitoy tarkibidagi maxsus ma?muriy rayon. Mamlakatning janubi-sharqiy qismida, Janubiy Xitoy dengizi sohilida joylashgan. Syangan oroli, Szyulun yarim oroli, shuningdek, yaqin atrofidagi 235 ta orolni o?z ichiga oladi. Maydoni — 2 754 km2[1], shundan quruqlik qismi — 1 114 km2, qolgan qismi dengiz akvatoriyasi. Ma?muriy markazi — Syangan shahri. Aholisi 7 413 070 kishi (2013)[2]. Asosan, xitoylar (98%), shuningdek, tibet-myanmalar, hindlar, inglizlar va portugallar ham yashaydi. Aholi buddizm, daosizm, konfutsiylik, islom, hinduizm, xristian dinlariga e?tiqod qiladi. Rasmiy tili — xitoy va ingliz tili.
Gonkong qirg?oqlari qo?ltiqlar bilan parchalangan. Sohil yaqinida mayda qoyali orol ko?p. Yer yuzasi tog?li, eng baland joyi 939 m. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim, yanvarning o?rtacha temperaturasi 15–16 °C, iyulniki 25–27 °C. Yillik yog?in 2000 mm gacha. Doim yashil tropik o?rmonlar bor.
Gonkong Xitoy bilan ?bir davlat — ikki tuzum“ tamoyiliga asoslanadi. Bu tamoyilning mazmuni Xitoyning ichki rayonlarida sotsialistik tuzum ustuvor bo?lsa-da, Gonkongda kapitalistik sistema va hayot tarzi saqlanib qolgan. Gonkongning o?z boshqaruv organlari bo?lib, ular tashki siyosiy faoliyat va mudofaadan tashqari barcha sohalarni mustaqil ravishda boshqaradilar. Gonkongda siyosiy demokratiyaga amal qilinadi. Gonkongning boshqaruv organlari — ma?muriyat boshlig?i, hukumatdan iborat. Shuningdek, Ma?muriy majlis, Qonun chiqaruvchi majlis va Sud faoliyat ko?rsatadi. Ma?muriy bo?linmalardan tashqari siyosiy, moliyaviy va xuquqiy departamentlar ham mavjud. Ma?muriyat boshlig?i mahalliy aholi orasidan saylov yoki konsultatsiya yo?li bilan 5 yilga saylanadi. Pul birligi erkin konvertatsiya qilinadigan — Gonkong dollari.
Gonkongning hozirgi hududi mil. av. III asr oxirlaridan Xitoy davlati tarkibida bo?lib kelgan. 1840–1842-yillardagi Angliya-Xitoy urushi davrida Syangan oroli inglizlar tomonidan bosib olingan. 1842-yilgi Nankin bitimiga asosan Buyuk Britaniyaning ?abadiy mulki“ga aylangan. 1856–1860-yillardagi Angliya-Fransiya-Xitoy urushi natijasida Szyulun yarim orolining janubiy qismi ham Angliya mulkiga qo?shildi. 1898-yil iyunda Pekinda imzolangan konvensiyaga ko?ra, Angliya Szyulun yarim orolining yana bir qismi va yondosh orollar (Yangi hudud) ni 99 yil muddat bilan ijaraga oldi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida hududni yaponlar bosib oldi. 1945-yil 30-avgustdan yana inglizlar qo?l ostiga o?tdi. XXR tashkil topgach (1949), Pekin hukumati Gonkongning mustamlaka maqomini tan olmay, uni Xitoydan ?tortib olingan“ hudud deb qaradi. 1982-yildan Gonkong masalasi bo?yicha Xitoy va Buyuk Britaniya hukumatlari o?rtasida muzokaralar boshlandi va 1984-yil 19-dekabrda Xitoy va Buyuk Britaniya tomonidan qo?shma deklaratsiya imzolandi, unga ko?ra 1997-yil 1-iyuddan Gonkong Xitoy yurisdiksiyasi ostiga o?tdi. Shunday qilib, Xitoy Gonkong ustidan suverenitet o?rnatdi va Gonkong mamlakatning maxsus ma?muriy rayoni deb atala boshladi.
Gonkong xo?jaligi uning ?savdo faktoriyasi“ roli ta?sirida shakllangan. Bunga sabab uning chuqur suvli bandargohlarga boyligi va umuman tabiiy resurslarning yo?qligidir. Sanoati chetdan keltiriladigan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 4/5 qismidan ortig?i eksport uchun mo?ljallangan. Yalpi ichki mahsulotning (YIM) asosiy qismi ulgurji va chakana savdo, eksport-import operatsiyalari, transport, aloqa, moliya va sug?urta, ko?chmas mulk operatsiyalari, ijtimoiy va kommunal xizmat ko?rsatish sohalarida ishlab chiqariladi. Iqtisodiy faol aholining 63% ham shu sohalarda band. Qayta ishlash va qurilish sohasida 28% iqtisodiy faol aholi band bo?lib, YIMning 23% ishlab chiqariladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari — to?qimachilik va tikuvchilik. Xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi ham ana shu tarmoqlarga sarflanadi. Shuningdek, soat, plastmassa buyumlar (asosan, o?yinchoqlar) ishlab chiqariladi. Elektronika va elektrotexnika, poligrafiya sanoatlari rivojlanmoqda. Qishloq xo?jaligida turli sabzavot ekinlari ekiladi. Eksport uchun gulchilik rivojlangan. Baliq ovlanadi. Gonkong porti jahonda eng yirik portlardan, bajariladigan operatsiyalar turi bo?yicha Singapurdan keyingi o?rinni egallaydi. Chetdan xalq iste?moli buyumlari, jihozlar, mashina va mexanizmlar, elektrotexnika tovarlari keltiriladi. Eksportga kiyim-kechak (33%, dunyoda 2-o?rinda), zargarlik buyumlari va o?yinchoqlar (11%, dunyoda 3-o?rinda), elektrotexnika va optika tovarlari, soatlar, orgtexnika va hokazo chiqariladi. Turizm rivojlangan, yiliga 6 million sayyoh kelib ketadi. Gonkongda 8 ta oliy o?quv yurti bor.
Gonkong — yirik xalqaro moliyaviy markaz. Dunyodagi 100 ta eng yetakchi banklarning 83 tasi bu yerda o?z operatsiyalarini bajaradi. Gonkong valyuta bozorida o?tkaziladigan operatsiyalar hajmi bo?yicha Osiyoda Singapur va Tokiodan keyin 3-o?rinda. Gonkong Jahon savdo tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarga a?zo.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ ?Survey and Mapping Office – Circulars and Publications“. Survey and Mapping Office. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
- ↑ ?Key statistics of the 2021 and 2011 Population Census“. census2021.gov.hk. 2022-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-mart.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O?zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiomborda Gonkong haqida turkum mavjud |
![]() | Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |